TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyatidagi Potapovka qishlog‘ini ozod qildi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
"Qat’iy harakatlar natijasida "Shimol" kuchlar guruhi bo‘linmalari Potapovka qishlog‘i ustidan nazorati o‘rnatdi", - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, ular Velika Cherneshina, Iskriskovshina va Novaya Sich hududlarida, shuningdek, Xarkov viloyatidagi Verxniya Pisarevka, Veseloe, Izbitskoe, Prikolotnoe va Shevchenkovoe yaqinida dushmanni mag‘lub etishdi.
Osvobojdenie Potapovki v Sumskoy oblasti
© MinOboroni RF
So‘nggi 24 soat ichida Ukraina Qurolli kuchlari Sumi viloyatida 200 nafarga yaqin jangari, uchta zirhli jangovar mashina, to‘qqizta mashina, bitta artilleriya quroli, bitta o‘q-dori ombori va uchta ta’minot omborini yo‘qotdi.
Jami maxsus operatsiya hududida Ukraina yo‘qotishlari 1170 nafar askar, 31ta takn va boshqa zirhli jangovar texnika, 17ta dala artilleriya quroli, 73 ta harbiy avtomobil va 244 ta uchuvchisiz apparatni tashkil qildi.