TOShKENT, 22 mar — Sputnik. Bugun Toshkent xalqaro aeroportida AQShning Missisipi shtatida o‘tkazilgan “Eng ilg‘or jangchi-2026” musobaqasida g‘olib bo‘lgan O‘zbekiston harbiy xizmatchilari tatanali kutib olindi.
AQShda bo‘lib o‘tgan harbiy musobaqa g‘oliblari Toshkentda kutib olindi
© Mudofaa vazirligi
Marosimda Mudofaa vazirligi mas’ul ofitserlari, harbiy xizmatchilarning yaqin qarindoshlari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
AQShda bo‘lib o‘tgan musobaqa davomida O‘zbekiston askarlari yakka va jamoaviy bahslarda ko‘rsatgan natijalari yuqori baholandi.
Uch kun davomida kunduzgi va tungi sharoitlarda murakkab mashqlarni o‘zida jamlagan mazkur musobaqa yakunida harbiy xizmatchilarimiz musobaqaning maxsus sovriniga loyiq ko‘rilishi, bu albatta mudofaa tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning samarasidir, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada o‘zbekistonlik harbiy xizmatchilar 2019-yildan beri muvaffaqiyatli qatnashib, har birida ishtirokchilar mutlaq ustunlik va yangidan-yangi rekord natijalar bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritib kelmoqda.
AQShda bo‘lib o‘tgan harbiy musobaqa g‘oliblari Toshkentda kutib olindi
© Mudofaa vazirligi