“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z tantanalari bo‘lib o‘tdi

Marosim dasturidan prezident tabrigi, konsert va milliy uslubdagi teatrlashtirilgan tomoshalar dasturi o‘rin olgan.
Sputnik
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.
Marosim boshida Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.
Prazdovanie Navro‘za v Tashkente
"Tabiatning uyg‘onishi va ruhiy poklanish ramzi bo‘lgan mana shunday qutlug‘ ayyomlar bilan sizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.Dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida ishlayotgan, tahsil olayotgan vatandoshlarimizni ham muborakbod etib, ularga ezgu salom va tilaklarimizni izhor etaman.Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!", - dedi prezident.
Davlat rahbari shuningdek O‘zbekiston hukumati tomonidan yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida ham ulkan qadamlar qo‘yilmoqda. Yangi-yangi zamonaviy korxonalar, kommunikatsiya tarmoqlari, shinam uy-joylar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport obyektlari barpo etilayotgani qayd etdi.
Kelgusida bunday qurilishlar ko‘lami yanada kengaytirilishi ta’kidlandi.
“Ushbu fayzli tongda mirishkor dehqon va fermerlarimizga barchamiz yuksak hurmat va ehtirom bildiramiz.

Siz, azizlarning elimiz dasturxonini yanada to‘kin va farovon qilishdek ezgu ishlaringizda zafar va omadlar tilaymiz. Chunki sizlarning olijanob mehnatingiz bilan xalqimizning rizqu nasibasi butun bo‘ladi. Bu borada davlatimiz, jamiyatimiz sizlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi”, - dedi davlat rahbari.

Prazdovanie Navro‘za v Tashkente
Yangi O‘zbekiston mamlakatimiz yoshlari uchun yuksak parvozlar, katta-katta g‘alabalar maydoniga aylanib bormoqda. Har bir yo‘nalishda – ta’lim, ilm-fan, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalari va biznes sohalarida yangi nomlar, yangi qahramonlar paydo bo‘lmoqda. Mana shunday bilimli, jo‘shqin va izlanuvchan o‘g‘il-qizlar bilan barchamiz haqli ravishda faxrlanamiz.
Bugungi tinch va osoyishta hayotning, yaratilgan katta imkoniyatlar, ota-onalar, ustoz-murabbiylaringiz mehnatining qadriga yetib, tinimsiz o‘qib-o‘rgansangiz, bilim va mahoratingizni doimo oshirib borsangiz, kelajak, albatta, siznikidir.
Bu yo‘lda sizlarga, butun O‘zbekiston yoshlariga yana qanday sharoit zarur bo‘lsa, barchasini yaratib berishga tayyormiz. Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun deb yashasangiz, Vatan va xalq ham sizni e’zozlab, boshiga ko‘taradi!
Yangi O‘zbekistonning oltin avlodi bo‘lib, uning zafar bayrog‘ini baland ko‘tarishdan hech qachon to‘xtamang, aziz farzandlarim!”, – dedi davlat rahbari.
Prazdovanie Navro‘za v Tashkente
Mahalla deganda, ko‘z oldimizda, avvalo, ona yurtimizning go‘zal timsoli namoyon bo‘ladi.
Prezident ertaga nishonlanadigan Mahalla tizimi xodimlari kuni bilan jonkuyar mahalla raislari va faollarini, barcha yurtdoshlarimizni chin qalbdan tabriklab, ularga yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Ming yillar davomida xalqlar o‘rtasida ma’naviy ko‘prik bo‘lib kelayotgan Navro‘zning tinchlik, do‘stlik va hamkorlik g‘oyalari bugungi notinch zamonda yanada dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Yurtimizda yashayotgan 130 dan ortiq millat va elat vakillari bu bayramni bir bo‘lib, shodu xurramlik bilan nishonlamoqda. Mana shunday ahillik va totuvlik Yangi O‘zbekistonimizni birgalikda barpo etishning eng ishonchli kafolatidir.
“Biz jamiyatimizda millatlar va dinlararo hamjihatlikni bundan buyon ham mustahkamlash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz. Bu borada qo‘shni va qardosh mamlakatlar bilan birga yagona Markaziy Osiyo ovozi bo‘lib, mintaqamizning tinchlik, birodarlik va hamkorlik makoni sifatidagi nufuzini oshirishga ustuvor ahamiyat qaratamiz”, – dedi prezident.
Davlatimiz rahbari tadbirda ishtirok etayotgan xorijiy davlatlarning elchilarini, xalqaro tashkilotlar vakillarini Xalqaro Navro‘z kuni bilan samimiy qutlab, ularning o‘lkalari va xalqlariga qizg‘in tabriklarini yo‘lladi.
Pravzdnovanie Navruza v parke "Yangi O‘zbekiston"