Putin Eron va Markaziy Osiyo davlat rahbarlarini Navro‘z bilan tabrikladi

Moskva og‘ir damlarda Tehronning sodiq do‘sti va ishonchli hamkori bo‘lib qoladi.
Sputnik
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston prezidentlriga Navro‘z bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladi.
Tabrik so‘zida ushbu davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlarning yuqori darajasi qayd etilgan va ular bilan o‘zaro manfaatli, ko‘p qirrali aloqalar muvaffaqiyatli rivojlanib borishiga ishonch bildirildi.
Shuningdek Rossiya prezidenti Navro‘z bayrami bilan Eron rahbarlari - Islom Respublikasi Oliy rahbari Oyatulloh Seyid Mojtaba Husayniy Xomeney va prezident Masud Pezeshkianga ham tabriklar yo‘llangan.
O‘z so‘zida Vladimir Putin Eron xalqiga ushbu og‘ir sinovlarni munosib yengib o‘tishni tilab, Moskva bu qiyin damlarda Tehronning sodiq do‘sti va ishonchli hamkori bo‘lib qolishini ta’kidladi.
Rossiya AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushini boshidan keskin qoralab kelmoqda. Rossiya va Xitoy urushning ikkinchi kuniyoq BMT Xavfsizlik kengashining favqulodda majlisini chaqirdi. Bir necha kun oldin Rossiya birinchilardan bo‘lib Eronga insonparvarlik yordami yuborgan edi.
O‘zbekiston Eron xalqiga insonparvarlik yordami yubordi