Eron 4000 km uzoqlikdagi AQSh harbiy bazasiga hujum qildi

Bu Tehronning mintaqadan tashqarida joylashgan nishonlarga uyushtirilgan birinchi hujumi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Eron o‘z chegaralaridan 4000 kilometr uzoqlikdagi (ayrim manbaalarga ko‘ra 5000km) AQSh harbiy bazasiga birinchi marta hujum qildi. Bu haqida The Wall street Journal xabar qilmoqda.
Maqolada aytilishiga ko‘ra, Hind okeanidagi Diyego Garsiya orollarida joylashgan AQSh va Britaniya qo‘shma harbiy bazasiga ikkita o‘rta masofaga ballistik raketalar uchirilgan.
Ushbu harbiy bazada amerikaliklarning bombardimonchi samolyotlari, yadroviy suv osti kemalari va esmineslarni joylashtirilgan bo‘lib u strategik ahamiyatga ega.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, raketalar nishonga tegmadi. Ulardan biri yaqinlashganda quladi, ikkinchisi esa AQSh harbiy kemasi tomonidan urib tushirilgan.
Erondan minglab kilometr uzoqlikdagi nishonga zarba berilishi Eron raketalarining haqiqiy masofasi Tehronning rasman e’lon qilingan 2000 kilometr masofasidan ancha uzoq ekanini ko‘rsatadi, deyiladi maqolada.
Iran atakoval voyennuyu bazu SShA
Eronning Hind okeanidagi bazaga hujumi haqidagi xabarlardan so‘ng, Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi "Britaniya manfaatlariga tahdid" deb e’lon qildi va shu bilan birga ushbu obyekt AQSh harbiy operatsiyalari uchun ishlatilishini tan oldi.
Vazirlik vakili London AQShga "cheklangan mudofaa operatsiyalari" uchun Britaniya bazalaridan foydalanishga ruxsat berganini tan oldi.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

28 fevral kuni AQSh va Isroil Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Xomanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni, Qatar va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopib qo‘ydi va kemalar faqat Eron bilan kelishilgan tartibda undan o‘tishi mumkinligini e’lon qildi. Buning ortidan jahon bozorlarida neft narxi oshishni boshladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron oliy rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi. Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.