TOShKENT, 20 mar – Sputnik. Rossiya qo‘shinlari hafta davomida maxsus harbiy operatsiya hududidagi 5 ta aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Shimol” guruhi bo‘linmalari Sumi viloyatidagi Sopich qishlog‘ini ozod qilishga erishgan.
Donesk Xalq Respublikasida esa 4 ta aholi punkti ozod qilingan: “G‘arb” qo‘shinlari harbiylari Aleksandrovka, “Janub” qo‘shinlari Kaleniki va Fedorovka Vtoraya, “Markaz” jangchilari esa Pavlovkani ozod qilgan.
Ukraina Qurolli kuchlari o‘tgan hafta davomida 8300 nafardan ortiq askari, 149 ta tank va boshqa jangovar zirhli mashinasi, 77 ta dala artilleriya to‘pi, bitta yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimi, 2 ta “Neptun” raketasi, 12 ta boshqariladigan HIMARS snaradi, 573 ta harbiy avtomobili va 2615 ta dronini yo‘qotgan.