Matbuot markazi

Nazokat va metin iroda: O‘zbekiston gimnastikachilarining Rossiya turniridagi muvaffaqiyati

O‘zbekiston vakilalari Sankt-Peterburgdagi musobaqada yuqori natijalarni qayd etib, kumush va bronza medallariga ega chiqishdi.
Sputnik
Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida O‘zbekiston gimnastikachilarining "GRAN-PRI. Alina Kabayeva nomidagi Chempionlar kubogi" xalqaro turniridagi muvaffaqiyatli ishtirokiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda gimnastikachilar Natalya Usova, Djurayeva Yosina, Hakimova Diana hamda murabbiy Mayya Filippova ishtirok etdi.
Ishtirokchilar turnirdan olgan taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, musobaqalarga tayyorgarlik jarayoni va mavsum uchun kelgusi rejalari haqida so‘zlab berishdi.
Eslatib o‘tamiz, 14-15 mart kunlari Sankt-Peterburg shahrida dunyoning o‘nlab mamlakatlaridan kelgan eng kuchli sportchi qizlar ishtirokida musobaqalar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston vakilalari yuqori natijalarni qayd etib, guruh mashqlarida beshta to‘p bilan finalda kumush medal, shuningdek, uchta halqa va ikki juft bulava bilan mashqda bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Natalya Usova ko‘pkurashda bronza sovrindori bo‘ldi.
To‘liq videoga havola