SputnikPRO Toshkentda: muhokama qilinadigan loyihalarni qanday yaratish mumkin

Tadbirda PR, marketing va kommunikatsiyalar sohasida 20-yildan ortiq tajribaga ega ekspert Alisa Belanovskaya ma’ruza qiladi
Sputnik
TOShKENT, 19 mar – Sputnik. Toshkentda SputnikPRO loyihasi doirasida “Muhokama qilinadigan loyihalar qanday yaratiladi?” mavzusida ma’ruza tashkil etiladi. Tadbir PR, marketing va event-kommunikatsiyalar sohasidagi amaliy tajribaga bag‘ishlanadi.
Spiker sifatida agentlik biznesi, korporativ sektor va ommaviy axborot vositalarida 20-yildan ortiq tajribaga ega PR, marketing va voqealik kommunikatsiyalar bo‘yicha ekspert Alisa Belanovskaya qatnashadi.
Kak sozdayutsya proyekti, o kotorix govorat. PR, marketing i meropriyatiya — realnie keysi iz praktiki
U faoliyati davomida “MegaFon” kompaniyasida yirik kommunikatsiya loyihalari, jumladan, 2014-yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlari va 2018-yilgi FIFA jahon chempionati bilan bog‘liq tashabbuslarda ishtirok etgan. Hozirda esa “Rossiya segodnya” mediaguruhida marketing kommunikatsiyalari yo‘nalishini boshqaradi.
Ma’ruza chog‘ida tinglovchilar PR, marketing va tadbirlar sohasida g‘oyadan to amaliy ijrogacha bo‘lgan jarayon qanday qurilishini bilib oladi. Dasturdan mahsulotlarni bozorga olib chiqish, "Cannes Lions Gran Prix" darajasidagi kampaniyalar va xalqaro media guruh rebrendingiga oid real keyslar ham o‘rin olgan.
SputnikPRO moduli Toshkentdagi uch oliy ta’lim muassasasida bo‘lib o‘tadi:
26 mart soat 11:00 — Tashkent Perfect University
(Toshkent shahri, Zayqaynar ko‘chasi, 1-uy)
27 mart soat 10:30 — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti (O‘zDJTU)
(Toshkent shahri, Lutfiy ko‘chasi, 8-uy)
27 mart soat 15:30 — Puchon universiteti
(Toshkent shahri, Qatortol-2, 38A-uy)
Tadbirda ishtirok etish uchun quyidagi kontaktlar orqali yozilish mumkin:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev

Ma’lumot uchun: SputnikPRO - Sputnik axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan media sohasidagi xalqaro ma’rifiy loyiha. Bu jurnalistlar, matbuot kotiblari, blogerlar va oliy ta’lim muassasalarining tegishli yo‘nalishlari bo‘yicha yuqori kurs talabalari uchun Rossiya va xorijdagi eng yaxshi media-menejerlar, ekspertlar hamda agentlikning yetakchi mutaxassislari tomonidan o‘tkaziladigan seminarlar, ma’ruzalar va mahorat darslarining noyob tizimidir.