Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasida yakunlangan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi

Majmua umumiy 45 gektar maydonni egallaydi. Bu yerda 10 ming kishiga mo‘ljallangan ulkan masjid, ma’muriyat binosi bor.
Sputnik
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev Imom Buxoriy majmuasida yakunlangan bunyodkorlik ishlari va yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lum qilinishicha, majmuada ziyoratchilar uchun keng qulayliklar yaratilgan. Xususan, uning qoshida turizm markazi ochilgan. Yondosh 15 gektar hududda 1 ta to‘rt yulduzli, 2 ta uch yulduzli mehmonxona, 22 ta 176 o‘rinli oilaviy mehmon uyi va avtoturargoh barpo etilgan.
1 / 10
2 / 10
3 / 10
4 / 10
5 / 10
6 / 10
7 / 10
8 / 10
9 / 10
10 / 10
Shuning hisobiga Imom Buxoriy majmuasining qabul qilish quvvati bir kundagi 12 ming nafardan 65 ming nafar ziyoratchigacha oshgan.
Majmua umumiy 45 gektar maydonni egallaydi. Bu yerda 10 ming kishiga mo‘ljallangan ulkan masjid, ma’muriyat binosi va 154 ustunli milliy uslubdagi ayvon qurilgan.
Shuningdek, majmua tarkibida 9 pavilondan iborat innovatsion muzey barpo etilgan.
Unda Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom ma’rifati rivojiga qo‘shgan hissasi, Qur’oni karimda nomi keltirilgan 25 payg‘ambar tarixi, Muhammad alayhissalomning shajarasi, Makka va Madinadagi hayoti hamda hadislarning jamlanishi haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgan.
Qadamjoda 14 ta moviy gumbaz va 75 metrli 4 ta minora qad rostlagan.
Davlat rahbari turizm markazi va masjidda yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi. Barcha ishlar yakunlangani inobatga olinib, yangi qurilgan masjidda Hayit namozini ado etish taklif qilindi.
Shu bilan prezidentning Samarqand viloyatiga tashrifi yakunlandi.
Samarqanddagi Imom al-Buxoriy ziyoratgohi qachon ochilishi mumkinligi aytildi