TOShKENT, 19 mar — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Kasimov “LEO Group” kompaniyasi Direktorlar kengashi raisi Van Sanszun hamda “Itochu Corporation” rahbariyati — Shinobu Natsukava va kompaniyaning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Yamoto Rudji bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Muzokaralarda O‘zbekistonda zamonaviy nasos uskunalarini ishlab chiqarish va suv xo‘jaligi infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalari muhokama qilindi.
Xususan, DXSh asosida nasos stansiyalarini qurish, shuningdek, ilg‘or muhandislik yechimlarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi maxsus texnopark tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.
Tomonlar fikricha, “LEO Group” texnologiyalarini joriy etish suv resurslarini boshqarish samaradorligini oshirish va respublikadagi mavjud irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilishga xizmat qiladi.
Obsujdeni proyekti v sfere vodnogo xozaystva s krupnimi kompaniyami iz Kitaya i Yaponii
© Ministerstvo investitsiy, promishlennosti i torgovli
“Itochu Corporation” rahbariyati bilan uchrashuvda esa Toshkent viloyatida oqova suvlarni tozalash tizimini qurish loyihasi parametrlarini optimallashtirish masalalari muhokama qilindi. Bunda suv sifati va xizmatlarning iqtisodiy samaradorligi o‘rtasidagi muvozanatga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar loyihani amalga oshirishni jadallashtirishga kelishib oldi.
Ma’lumot uchun, “LEO Group” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va nasos tizimlari ishlab chiqarish sohasida Xitoyning yetakchi kompaniyalaridan biri bo‘lib, dunyodagi eng yirik beshta nasos uskunalari ishlab chiqaruvchisi qatoriga kiradi.
“Itochu Corporation” esa 1858-yilda tashkil etilgan Yaponiyaning yirik korporatsiyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniya “Fortune Global 500” reytingiga kirgan bo‘lib, dunyoning 61 ta mamlakatida ofislarga ega va O‘zbekistonda ham qator loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.