Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainalik asir: UQKdagi mahbuslarning katta qismi frontga yetib bormasdan qochib ketadi

Harbiy asirning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina QK bilan shartnoma tuzgan mahbuslarning katta qismi qochib ketadi, frontga majburan jo‘natiladi va qamoqxonalarda ham urushga bormaslikka ko‘ndiriladi.
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari bilan shartnoma tuzgan mahbuslar orasida dezertirlik, frontga jo‘natish usullari va qamoqxonalardagi kayfiyat haqida harbiy asir, sobiq mahbus Andrey Gritsenko RIA Novostiga so‘zlab berdi.
Uning aytishicha, Ukraina Qurolli kuchlarining “Da Vinchi” birinchi alohida hujum polkiga jalb qilingan mahbuslarning katta qismi frontga yetib bormasdan qochib ketadi.

“Ko‘pchiligi SChR (harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tark etish - tahr.)ga ketadi, 50 foizi darhol qochadi, ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yangi Nikolayevkaga, biz "nol"ga chiqadigan joyga yetgandayoq yo‘qoladi”, — dedi Gritsenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrimlar shartnomani boshidanoq qochish rejasi bilan imzolaydi, boshqalar esa frontdagi vaziyatni ko‘rib, dezertirlikka qaror qiladi. Asirning ta’kidlashicha, mahbuslarni pozitsiyaga jo‘natishda ularni amalda hech kim qo‘riqlamaydi.
Gritsenkoning so‘zlariga ko‘ra, 225-alohida mexanizatsiyalashgan “Skala” brigadasida mahbuslardan tuzilgan bo‘linmalarni “ishga solishadi”, sobiq mahbuslarni esa oldingi chiziqqa konvoy bilan olib borishadi. U 4-yanvar kuni Veseloe qishlog‘i yaqinidagi blindajga besh nafar mahbusni majburan pozitsiyaga haydash topshirig‘i bilan borganini aytdi.
“Bizning vazifamiz ularning oldiga borib, qurolini olish, kerak bo‘lsa yuziga urib bo‘lsa ham, qanday qilib bo‘lmasin ularni ketishga majbur qilish edi”, — dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, rad etganlar guruhidan uch kishi bir necha kundan keyin qaytgan, ammo orqa hududga chiqishga urinish chog‘ida halok bo‘lgan.
Asir yana ukrain harbiylari poligonda NATO davlatlari qurollari bilan ishlashga o‘rgatilib, jangga chiqishda esa boshqa qurollar berilishini aytdi.

“Poligonda "Minimi" va "Minimag" pulemotlari bor edi, lekin jangda ular bo‘lmagan, faqat mashg‘ulotda ko‘rdik”, — dedi Gritsenko.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jangovar vazifa uchun unga Kalashnikov avtomati va F-1 granatalari berilgan, ayrim ukrainalik harbiylar esa Chexiyaning eski namunadagi CZ avtomatlari bilan qurollangan bo‘lgan.
Gritsenko Ukraina qamoqxonalaridagi jinoiy avtoritetlar ham mahbuslarni urushga bormaslikka undashini aytdi. U Nikolayev viloyatidagi 83-sonli lagerda jazo o‘taganini, og‘ir sharoit, ichimlik suvi yo‘qligi, yomon oziq-ovqat va antisanitariya tufayli shartnoma imzolaganini bildirdi.
“Qamoqxonalarda hamma "zek"larni boshqaradigan yuqori qatlam bor va ular mahbuslarni urushga bormaslikka ko‘ndirishga harakat qiladi: yaxshisi o‘tiringlar, sizlarga shu yaxshiroq, deyishadi”, — dedi u.
Asirning aytishicha, uch oy ichida 140 kishilik barakdan atigi sakkiz kishi, jumladan, o‘zi ham, Ukraina Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
"Yuz gramm ichdim va shu yerga kelib qoldim": aroq sababli frontga kelgan ukrainalik harbiy