Toshkentda Navro‘z sayillari qayerda o‘tadi — manzillar

Poytaxtda Navro‘z bayrami munosabati bilan bir qator bog‘, maydon va turizm ko‘chalarida sayillar, konsertlar, milliy taomlar va xalq tomoshalari o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Toshkent shahri hokimligi Navro‘z bayrami sayillari o‘tkaziladigan manzillarni e’lon qildi.
Hokimlik matbuot xizmatining xabar qilishicha, bu yilgi bayram an’anaviy dasturlar bilan birga kutilmagan surprizlar, o‘zgacha kayfiyat va unutilmas lahzalarga boy bo‘ladi.
Bayram sayillarining asosiy manzillari quyidagilar:
21–22 mart — “O‘zbekiston ovozi” turizm ko‘chasi (bosh manzil);
21–22 mart — Taras Shevchenko gastronomik ko‘chasi;
21–23 mart — “Navro‘z” etno bog‘i;
21 mart — Al-Xorazmiy turizm ko‘chasi.
Shuningdek, 21-mart kuni sayillar quyidagi manzillarda ham bo‘lib o‘tadi:
Yunusobod tumanidagi “Yunusobod Galereya” majmuasi oldi;
Bektemir tumanidagi “Coca-Cola” bog‘i;
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Central Park”;
Sergeli tumani markaziy xiyoboni;
Olmazor tumanidagi Talabalar shaharchasi ("Beruniy" metro bekati yonida);
Uchtepa tumanidagi “Seul” ekobog‘i;
Chilonzor tumanidagi G‘ofur G‘ulom bog‘i;
Yakkasaroy tumanidagi “Next” savdo majmuasi;
Yashnobod tumanidagi “Ashxobod sayilgohi” bog‘i;
Yangihayot tumanidagi “Mehrigiyo” maydonida.
21–22 mart Shayxontohur tumanidagi “Anhor Lokomotiv” bog‘i va “Tashkent City” bog‘ida.
Manzillarda milliy taomlar va ko‘klam ne’matlari namoyishi, sumalak, halim, somsa va an’anaviy palov tayyorlash jarayonlari, ularni tatib ko‘rish imkoniyati, taniqli san’atkorlar ishtirokida konsert dasturlari, hunarmandchilik va amaliy san’at ko‘rgazmalari, milliy o‘yinlar, xalq tomoshalari hamda turli qiziqarli bellashuvlar tashkil etiladi.
Navro‘zda teatrlarga bepul chipta, ziyoratgoh, muzey va mehmonxonalarda chegirmalar beriladi