TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Donesk Xalq Respublikasidagi Aleksandrovka aholi punktini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, qishloq “G‘arb” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalarining faol va qat’iy harakatlar natijasida ozod qilgan.
Shuningdek, “G‘arb” guruhi jangchilari DXRning Osinovo, Velika Shapkovka, Grushevka, shuningdek, Xarkov viloyatidagi Borovaya, Yaskovka va Krasniy Liman hududlarida Ukraina qo‘shinlarining to‘rtta mexanizatsiyalashgan brigadasi, ikkita uchuvchisiz tizimlar bataloni va ikkita hududiy mudofaa brigadasi shaxsiy tarkibi hamda texnikasiga qaqshatqich zarba bergan.
Xabarda aytilishicha, dushmanning yo‘qotishlari 180 nafargacha harbiy, AQShda ishlab chiqarilgan ikkita HMMWV zirhli mashinasi, 25 ta avtomobil, ikkita dala artilleriyasi quroli va o‘q-dorilar omborini o‘z ichiga olgan.
Shu bilan birga, Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov 283-motoo‘qchi polk qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibini Aleksandrovka ozod qilingani munosabati bilan tabriklab, harbiy xizmatchilarga jangovar vazifalarni bajarishdagi matonati va harbiy burchga sodiqligi uchun minnatdorchilik bildirgan.