Matbuot markazi

"Sputnik"da Xalqaro rus tili tashkiloti konferensiyasi yakunlari muhokama qilinadi

Tadbirda Yevroosiyo makonida gumanitar hamkorlikda rus tili tashkilotining o‘rni, qabul qilingan qarorlar hamda ilmiy va ta’lim dasturlarini kengaytirish istiqbollari haqida so‘z yuritiladi.
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. 19 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 14:30 da Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “Xalqaro rus tili tashkilotinining birinchi vazirlar konferensiyasi yakunlari” mavzusida Moskva – Minsk – Toshkent – Bishkek videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Moskvadagi ishtirokchi:
Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirining o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy.
Toshkentdagi ishtirokchi:
O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Uzoqboy Begimqulov.
Minsk va Bishkekda:
ommaviy axborot vositalari vakillari.
Eslatib o‘tamiz, 11-mart kuni Moskva shahrida Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston prezidentlari tomonidan imzolangan tegishli shartnoma asosida ta’sis etilgan Xalqaro rus tili tashkilotining (MORYa) birinchi vazirlar konferensiyasi bo‘lib o‘tgan edi.
Tadbir davomida ishtirokchilar Yevroosiyo makonida gumanitar hamkorlikni rivojlantirishda Xalqaro rus tili tashkilotining o‘rni va ahamiyatini muhokama qiladilar. Shuningdek, ular konferensiya yakunlari, qabul qilingan qarorlar, ilmiy va ta’lim dasturlarini kengaytirish istiqbollari haqida so‘z yuritadilar.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev
Sharipov rus tilining ta’lim va millatlararo muloqotdagi ahamiyatini ta’kidladi