TOShKENT, 18 mar — Sputnik. O‘zbekiston Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Belarusning Kasbiy ta’lim instituti (RIPO) o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ishsiz aholini qayta tayyorlash va ularni Belarusning yetakchi korxonalariga ishga joylashtirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, qo‘shma o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va kadrlar tayyorlash sohasida tajriba almashish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlar quyidagilar bo‘yicha kelishib oldi:
qo‘shma o‘quv dasturlari va modullarini joriy etish;
o‘zbekistonlik ustozlar uchun Belarusda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etish;
ishchi kasblarga tayyorlangan mutaxassislarni Belarus korxonalarida ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini yaratish.
Qayd etilishicha, mazkur hamkorlik yangi ish o‘rinlari yaratish va zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.