O‘zbekistonda kapital bozori, sug‘urta va elektron savdoda o‘sishi bo‘yicha raqamlar ochiqlandi

2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda kapital bozori, sug‘urta xizmatlari va elektron tijorat sohalarida barqaror o‘sish kuzatildi
Sputnik
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. 2025 yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston kapital bozori 17,4 foizga o‘sib, 284,6 trillion so‘mga yetdi. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligining 2025-yil yakunlariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili qimmatli qog‘ozlar emissiyasining umumiy hajmi 269,1 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu oldingi davrga nisbatan 24,2 foizga ko‘p.
Shuningdek, 2025-yil yakunlariga ko‘ra, sug‘urta kompaniyalarining umumiy aktivlari 2024-yilga nisbatan 27,1 foizga o‘sib, 15 trillion so‘mga yetgan. Bu haqda agentlikning elektron tijoratni rivojlantirish va tartibga solish departamenti rahbari K. Muxammadiyev ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, sug‘urta tashkilotlarining sof foydasi yil yakunida 798,4 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lib, bu 2024-yilga nisbatan 17,8 foizga ko‘p.
Agentligining elektron tijoratni rivojlantirish va tartibga solish departamenti rahbari K.Muxammadiyev ta’kidlashicha, elektron savdoning chakana tovar aylanmasidagi ulushi 2020-yildagi 0,5 foizdan 2025-yilda kutilgan 4,6 foizgacha ko‘tarilgan.
Ma’lumot uchun: Kapital bozori — bu aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar orqali investitsiya jalb qilinadigan moliyaviy bozor.
YeOIIda elektron tijorat uchun yagona huquqiy muhit yaratilmoqda