Matbuot markazi

O‘zbekiston kiberxavfsizlik strategiyasi muhokama qilindi - video

Toshkent–Moskva videoko‘prigida O‘zbekistonning 2030-yilgacha kiberxavfsizlik strategiyasi va yangi himoya mexanizmlari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. “O‘zbekistonning kiberxavfsizlik strategiyasi: yangi himoya mexanizmlari” mavzusida Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida Toshkent–Moskva videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi.
Toshkentdagi ishtirokchilar:
— Kiberxavfsizlik markazi Idoralararo hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Albert Valiyev;
— O‘zbekiston IIV huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi vakili.
Moskvada:
— axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspert Aleksey Lukaskiy.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yil 10-mart kuni mamlakatning 2030-yilgacha mo‘ljallangan kiberxavfsizlik strategiyasini tasdiqladi.

Videoko‘prikda yangi strategiyaning asosiy yo‘nalishlari, davlat axborot tizimlarini himoya qilishni kuchaytirish choralari, shuningdek, davlat organlarida ixtisoslashtirilgan kiberxavfsizlik bo‘linmalarini tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, kiberjinoyatchilikning oldini olish, kiberxavfsizlik sohasida idoralararo hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro sheriklikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.