TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Eron xalqiga un, guruch, shakar, makaron, kungaboqar yog‘i va konservalar hamda dori vositalari hamda tibbiy buyumlardan iborat insonparvarlik yuki yetkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston tomonidan yuborilgan insonparvarlik yukni qabul qilish marosimida Eronning Daregaz shahri hokimi Mujtabo Bazmara, Eron TIVning Xuroson Razaviy viloyatidagi idorasi rahbari, vazir maslahatchisi Ali Masumifar, shuningdek, Eronning Turkmanistondagi elchisi Ali Mujtaba Ruzbexani ishtirok etdi.
Tadbir davomida Eron rasmiylari O‘zbekiston prezidentiga Eron xalqiga ko‘rsatilgan yordam va e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.
Ularning ta’kidlashicha, mazkur tashabbus ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik, hamjihatlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash an’analarining yorqin ifodasi bo‘ldi.