Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyati va DXRdagi ikkita qishloqni ozod qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi “Janub” guruhi DXRdagi Kalenikini, “Shimol” guruhi esa Sumi viloyatidagi Sopichni nazoratga olganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Donesk Xalq Respublikasi va Sumi viloyatidagi ikkita aholi punktini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, “Janub” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida DXRdagi Kaleniki aholi punktini ozod qilgan. Shuningdek, “Shimol” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari dushman mudofaasi ichkariga siljib, Sumi viloyatidagi Sopich aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatganini bildirgan.
Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Sopich aholi punkti uchun janglar chog‘ida artilleriya o‘t ochish nuqtalari va tayanch punktlar bo‘ylab ishlagan. Uchuvchisiz tizimlar operatorlari esa Ukraina qo‘shinlari texnikasi va shaxsiy tarkibini aniqlab, nishonga olgan.
Shuningdek, bir necha zirhli jangovar mashina yo‘q qilinganligi aytilgan. Xabarda aytilishicha, aholi punkti egallanganidan so‘ng jangchilar 300 tadan ortiq bino, yerto‘la va unga tutash hududni tozalagan.
Vazirlikka ko‘ra, “Shimol” guruhi chegara hududida xavfsizlik zonasini kengaytirgan holda oldinga siljishni davom ettirmoqda.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari ikki hafta ichida 12 ta aholi punktini ozod qildi — Gerasimov