TOShKENT, 16 mar — Sputnik. 17 mart kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “O‘zbekistonning kiberxavfsizlik strategiyasi: yangi himoya mexanizmlari” mavzusida Toshkent–Moskva videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Toshkentdagi ishtirokchilar:
— Kiberxavfsizlik markazi Idoralararo hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Albert Valiyev;
— O‘zbekiston IIV huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi vakili.
— O‘zbekiston IIV huzuridagi Kiberxavfsizlik markazi vakili.
Moskvada:
— axborot xavfsizligi bo‘yicha ekspert Aleksey Lukaskiy.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2026-yil 10-mart kuni mamlakatning 2030-yilgacha mo‘ljallangan kiberxavfsizlik strategiyasini tasdiqladi.
Videoko‘prik ishtirokchilari yangi strategiyaning asosiy yo‘nalishlari, davlat axborot tizimlarini himoya qilishni kuchaytirish choralari, shuningdek, davlat organlarida ixtisoslashtirilgan kiberxavfsizlik bo‘linmalarini tashkil etish masalalarini muhokama qilishadi.
Shuningdek, kiberjinoyatchilikning oldini olish, kiberxavfsizlik sohasida idoralararo hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro sheriklikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev