"Mirjalol kitoblar qurshovida ulg‘aygan. Er-xotin har yili yozda bolalarini Qarshi shahridagi kitob do‘koniga olib borar, bolalar o‘zlariga yoqqan kitobni o‘zlari tanlar edilar. Oilaning to‘ng‘ich farzandi bo‘lgan Mirjalol har doim bir nechta kitoblarni olib, keyinchalik ukalari bilan birga o‘qirdi. Kitobga mehr uyg‘otar ekanmiz, o‘g‘limiz o‘z hayotini kitob bilan bog‘lashga qaror qiladi, deb o‘ylamagandik. Kitoblar uning poytaxtdagi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishi va uni tugatishi, turmush o‘rtog‘ini uchratishi va o‘ziga yoqadigan ish topishiga yordam berdi", - deydi Ko‘kdala tumanida tug‘ilgan kuyovning onasi Mehri Diyorova.
"Oilaning kelajagi kelinlarga bog‘liq. Menga esa nevara-chevaralarimning bilimli bo‘lishi muhim", - deya e’tirof etadi kasbi shifokor bo‘lgan Mehri Diyorova.
"Kitoblar ortilgan mashina 16 soat yurdi. Ularni bir joyga to‘plab, 1,5 ming kitobdan iborat salmoqli kutubxonaga ega bo‘ldik. Aytgancha, to‘y o‘tgan yilning avgust oyida bo‘lib o‘tdi", - deya ta’kidladi Nasibaxonning qaynonasi.