TOShKENT, 15 mar — Sputnik. 15 mart kuni soat 13:18 da Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi Botir Zokirov ko‘chasida joylashgan “Park in Mall” oilaviy ko‘ngilochar savdo markazining 3-qavatida yong‘in sodir bo‘layotgani haqida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushdi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.
Qutqaruv texnikasi voqea joyiga soat 13:19 da yetib borgan va yong‘in soat 13:28 da o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q. “Park in Mall” oilaviy ko‘ngilochar savdo majmuasining 3-qavatidagi 25 kvadrat metr maydon yonib zararlangan.
Hozirda yong‘in sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.