TOShKENT, 13 mar – Sputnik. O‘zbekistonda 14-martdan boshlab metan “zapravka"lar faoliyati bosqichma-bosqich qayta tiklana boshlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, shoxobchalarning ish vaqti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
13 mart kuni esa “zapravka"lar faqat ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transporti uchun faoliyat yuritadi.
Havo harorati pasayishi sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan "zapravka"lar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etildi. 12 mart kuni ham “zapravka"lar ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun ishladi.