TOShKENT, 13 mar – Sputnik. AQSh amalda Rossiya neftisiz dunyo bozori barqaror bo‘la olmasligini tan oldi. Bu haqda Rossiya prezidentining xorijiy davlatlar bilan investitsiya-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha maxsus vakili Kirill Dmitriyev ma’lum qildi.
AQSh 12-martgacha yuklangan Rossiya nefti va neft mahsulotlarini sotish bo‘yicha operatsiyalardan sansiyalarni olib tashladi.
“AQSh haqiqatdan ravshan narsani tan olmoqda: Rossiya neftisiz dunyo energetika bozori barqaror bo‘la olmaydi”, - deya yozdi Dmitriyev Max’dagi ijtimoiy tarmog‘ida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh moliya vaziri Skott Bessent nafaqat Hindiston uchun Rossiya neftini xarid qilishga qo‘yilgan cheklovlar yumshatilgani, balki tranzitdagi Rossiyaning qariyb 100 mln barrel neftidan cheklovlar olib tashlanganini e’lon qilgan.
Dmitriyevning ta’kidlashicha, energetika inqirozi kuchayishi ortidan, Yevropa Ittifoqining burokratik qismining qarshilik ko‘rsatishiga qaramay, Rossiya energiya resurslariga kiritilgan cheklovlar yumshatilishi tobora muqarrar bo‘lib bormoqda.