Armaniston gumanitar yordamni rad etishini izohlashga qiynaldi — Rossiya TIV

Qorabog‘dan ko‘chirilganlar uchun yuborilgan navbatdagi gumanitar yordam partiyasi Yerevan tomonidan qabul qilinmagan.
Sputnik
TOShKENT, 12 mar — Sputnik. Armanistonning Qorabog‘dan ko‘chirilganlar uchun Rossiya insonparvarlik yordamini qabul qilmaslik sababi javoblardan ko‘ra ko‘proq savol tug‘diradi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Avvalroq RIA Novosti Yerevandagi diplomatik manbaga tayanib, Armaniston Qorabog‘dan majburiy ko‘chirilganlar uchun Rossiyadan navbatdagi insonparvarlik yordami partiyasini qabul qilmagani haqida xabar bergan edi.
Zaxarovaning aytishicha, Rossiya tomoni ko‘chib o‘tganlar uchun 140 tonnaga yaqin insonparvarlik yordami topshirgan bo‘lib, u birinchi ehtiyoj mahsulotlari va bolalar to‘plamlarini o‘z ichiga olgan. Shu bilan birga, Armaniston fuqarolaridan bunday yordamni olish bo‘yicha murojaatlar soni ortib borgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, rasmiy Yerevan rad etish sababini mamlakat qonunchiligiga ko‘ra saylovoldi davrida xayriya yordamiga cheklov borligi bilan izohlagan.
Zaxarova esa bunday qaror ortida saylovoldi manfaatlari turishi mumkinligini aytdi.

"Ravshanki, Yerevanning faqat xayriya va hech qanday siyosiy ma’noga ega bo‘lmagan insonparvarlik yordamidan voz kechishi Rossiya haqidagi har qanday eslatmani yo‘qotish rasmiylarning saylovoldi istagi bilan bog‘liq. Kimga yomonlik qilishadi? O‘z fuqarolariga", - dedi Rossiya TIV rasmiy vakili.

O‘zbekistondan Afg‘onistonga qariyb 390 tonna gumanitar yuk yetkazildi