Matbuot markazi

"Sputnik"da Rossiya -O‘zbekiston soliq hamkorligi va blogerlar daromadlari muhokama qilinadi

Blogerlarning daromadlari va onlayn faoliyatini nazorat qilish bo‘yicha xalqaro va mintaqaviy tajriba, soliq organlari ochiqligini oshirish hamda boshqa dolzarb masalalar muhokama qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. 12 mart kuni Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “Soliq hamkorligi: raqamlashtirish va tajriba almashish” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Unda O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi soliq hamkorligi masalalari muhokama qilinadi.
Tadbirda quyidagi masalalar muhokama qilinadi:
blogerlar daromadlarini nazorat qilish va onlayn faoliyat bo‘yicha xalqaro hamda mintaqaviy tajriba;
servisga yo‘naltirilgan yondashuvlarni joriy etish va soliq organlari ochiqligini oshirish;
soliq to‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Yagona soliq hisobvarag‘ini qo‘llash;
fuqarolar bilan muloqot uchun raqamli xizmatlar va media vositalarini rivojlantirish.
Ishtirokchilar:
Soliq qo‘mitasi Budjet daromadlarini prognozlashtirish departamenti direktori o‘rinbosari Hamdambek Bobojonov;
Soliq qo‘mitasi Iqtisodiy tahlil va yashirin iqtisodiyotni monitoring qilish boshqarmasi bosh davlat soliq inspektori Kamola Axmedjanova.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev
O‘zbekiston va Rossiya blogerlar daromadlarini soliq nazorati masalasini muhokama qildi