Rossiyaning yirik korxonalari xodimlari uchun O‘zbekistonda dam olish tashkil etilishi mumkin

Turizm qo‘mitasi delegatsiyasi Rossiya kasaba uyushmalari bilan uchrashuvda hamkorlikni kengaytirish va yirik korxonalari xodimlarining O‘zbekistonda dam olishini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. Turizm qo‘mitasi delegatsiyasi Rossiya Mustaqil kasaba uyushmalari federatsiyasi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazib, hamkorlikni kengaytirish va uyushgan dam olish sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Asosiy e’tibor Rossiyaning yirik korxonalari xodimlari uchun dam olishni tashkil etish tashabbusiga qaratildi. Shuningdek, O‘zbekistonning kasaba uyushmalari ijtimoiy dasturlariga integratsiya qilinishi mumkin bo‘lgan turistik imkoniyatlari taqdim etildi.
Jumladan, Samarqand, Buxoro va Xivaga madaniy-ma’rifiy sayohatlar, modernizatsiya qilinayotgan kurort hududlarida sanatoriy-sog‘lomlashtirish dam olishlari, shuningdek, Tan-Shan tog‘larida tog‘ va faol turizm yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekistondagi zamonaviy korxonalar va erkin iqtisodiy zonalarga tashriflarni o‘z ichiga olgan sanoat turizmi istiqbollariga ham e’tibor qaratdi.
Uchrashuv yakunida turistik oqimni oshirishga qaratilgan kelishuv loyihasini ishlab chiqishga kelishib olindi. O‘zbekiston tomoni qo‘shma ishchi guruh tuzishni taklif qildi va Rossiya vakillarini tanishuv safariga taklif etdi.
O‘zbekiston Rossiya biznesi uchun sanoat turizmining yangi formatini joriy etdi