Navro‘zda teatrlarga bepul chipta, ziyoratgoh, muzey va mehmonxonalarda chegirmalar beriladi

Navro‘z bayrami kunlari O‘zbekistonda muzeylar, ziyoratgohlar, mehmonxonalar va boshqa joylashtirish vositalarida chegirmalar joriy etiladi, teatrlarda esa bepul tomoshalar o‘tkaziladi.
Sputnik
TOShKENT, 11 mar — Sputnik. 21 mart — Navro‘z bayrami munosabati bilan aholi va sayyohlar uchun qator chegirmalar joriy etiladi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda Turizm qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Vaqf” xayriya jamoat fondiga biriktirilgan ziyoratgohlarda bayram kunlari davomida belgilangan kirish narxlariga 10 foizlik chegirma taqdim etiladi.
Shuningdek, Madaniy meros agentligi tasarrufidagi davlat muzeylari va madaniy meros obyektlarining bayram kunlari ochiq bo‘lishi, kirish chiptalariga esa chegirmalar joriy etilishi tavsiya qilingan.
Turizm sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari ham mehmonxonalar, mehmon uylari va boshqa joylashtirish vositalarida ixtiyoriy ravishda 20 foizgacha maxsus bayram chegirmalarini taqdim etmoqda.
Bundan tashqari, Madaniyat vazirligi tasarrufidagi davlat teatrlarida 21–27 mart kunlari Teatr tomoshalar haftaligi doirasida bepul spektakllar namoyish etiladi. Tomoshabinlar taklifnomalarni ochiq kassalardan olishlari mumkin.
Samarqanddagi Imom Buxoriy ziyoratgohi kengaytirilmoqda