TOShKENT, 9 mar — Sputnik. 9 mart soat 07:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonga jami 21 712 nafar fuqaro qaytarildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, qaytarilganlardan:
Saudiya Arabistonidan — 17 963 nafar,
Birlashgan Arab Amirliklaridan — 3 290 nafar,
Erondan — 47 nafar,
Qatardan — 378 nafar,
Bahrayndan — 27 nafar,
O‘mondan — 7 nafarni tashkil etgan.
Saudiya Arabistonidan — 17 963 nafar,
Birlashgan Arab Amirliklaridan — 3 290 nafar,
Erondan — 47 nafar,
Qatardan — 378 nafar,
Bahrayndan — 27 nafar,
O‘mondan — 7 nafarni tashkil etgan.
Ta’kidlanishicha, vatandoshlarni O‘zbekistonga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda.
Ayni paytda repatriatsiya ishlari asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lib turgan davlatlar orqali amalga oshirilmoqda.
Bundan avval O‘zbekiston transport vazirligi mamlakat hukumati vazirlikka Saudiya Arabistoni va Yaqin Sharqning boshqa davlatlarida bo‘lib turgan fuqarolarni mintaqadagi vaziyat keskinlashgani sababli Vatanga qaytarish choralarini ko‘rish bo‘yicha topshiriq berganini ma’lum qilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 28-fevral kuni AQSh va Isroil Eron hududidagi bir qator obyektlarga, jumladan, Tehronga zarbalar bergan. Vayronagarchiliklar va tinch aholi orasida qurbonlar bor.
Eron esa Isroil hududiga hamda Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy obyektlariga javob zarbalarini bermoqda.