Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Golubovkani ozod qildi — AQSh texnikalari yo‘q qilindi

Rossiya Mudofaa vazirligi “Janub” qo‘shinlar guruhi Donesk Xalq Respublikasidagi Golubovka aholi punktini ozod qilganini ma’lum qildi.
Sputnik
TOShKENT, 9 mar — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining “Janub” qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari faol harakatlar natijasida Donesk Xalq Respublikasidagi Golubovka aholi punktini nazoratga oldi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Janub” qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlarining uchta mexanizatsiyalashgan, motopiyoda va hujum brigadalari tuzilmalariga talafot yetkazgan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina tomoni 200 dan ortiq harbiy xizmatchisini, AQShda ishlab chiqarilgan M113 va Stryker zirhli transportorlarini, uchta zirhli jangovar mashinasini, 19 ta avtomobilni va to‘rtta dala artilleriya qurolini yo‘qotgan.
Shuningdek, uchta o‘q-dori ombori hamda yettita yoqilg‘i-moddiy ta’minot ombori yo‘q qilingan.
“Shimol” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari esa Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita mexanizatsiyalashgan brigadasi va hududiy mudofaa brigadasining shaxsiy tarkibi hamda texnikasiga qaqshatgich zarba bergan.
“G‘arb” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari nisbatan qulayroq marra va pozitsiyalarni egallagan.
“Markaz” va "Dnepr" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari ham ancha qulay marra va pozitsiyalarni egallagan.
“Sharq” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari esa dushman mudofaasi ichkarisiga siljishni davom ettirgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari Yarovaya qishlog‘ini ozod etdi — mudofaa vaziri jangchilarni tabrikladi