O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida "Parvozga intilgan qalb" ko‘rgazmasi ochildi

Tasviriy san’at galereyasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Parvozga intilgan qalb” ko‘rgazmasi ochilib, unda ayol ijodkorlarning turli yo‘nalishdagi asarlari namoyish etildi
Sputnik
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan “Parvozga intilgan qalb” nomli ko‘rgazmaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente
Bunday ko‘rgazmalarni tashkil etish galereyaning ezgu an’anasiga aylangan bo‘lib, ular turli avlod va ijodiy yo‘nalish vakillarini bir maydonda jamlaydi.
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente
Bahor nafasi bilan uyg‘unlashgan ushbu ko‘rgazmada ayol rassomlarning ijodiy qarashlari, rang va shakl orqali ifoda etilgan hissiyotlari hamda badiiy izlanishlari namoyon etildi.
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente
Ko‘rgazmaning asosiy g‘oyasi — ayol ijodkorni fikrlovchi, his etuvchi va yaratuvchi shaxs sifatida ko‘rsatish, uning ijod olami mavzu va shakl jihatidan cheksiz ekanini ochib berishdan iborat.
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente
“Ushbu ko‘rgazma ayol ijodkorlarning nafaqat badiiy mahoratini, balki ularning chuqur hissiyotlari va ijodiy dunyoqarashini ham namoyon etadi.”
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente
Ekspozitsiyada rangtasvirchi rassomlar Florida Gambarova, Shaxnoz Abdullayeva, Dilorom Mamedova, Li Safi Mariya, Tatyana Fadeyeva, Viktoriya Troshina, Sarvinoz Qosimova, Anna Grigorans va Darya Sarbashning asarlari namoyish etildi.
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente
Shuningdek, grafik rassom Tatyana Lining ishlari, haykaltarosh Lyudviga Nesterovichning haykaltaroshlik asarlari, chinniga naqsh solish ustasi Rimma Gazaliyeva, kulol Nazira Kuziyeva va zargar Annel Ulumbekovaning dekorativ-amaliy san’at namunalari ham tomoshabinlarga taqdim etildi.
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente
Ko‘rgazma bahor kayfiyati, nafosat va ilhomga boy muhiti bilan tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente
Vistavka "Serdse, ustremlonnoe v polet" v Tashkente