O‘zbekiston o‘smirlar xokkey terma jamoasi JChning o‘z divizionida chempion bo‘ldi

Hal qiluvchi turda Isroil ustidan 6:3 hisobida g‘alaba qozongan O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunlab, yuqoriroq divizionga chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 mar — Sputnik. O‘zbekiston o‘smirlar xokkey bo‘yicha terma jamoasi hal qiluvchi bahsda Isroilni 6:3 hisobida mag‘lub etib, 2026-yilgi IIHF U18 jahon chempionati IIIA divizionida chempion bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston xokkey federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Shu tariqa, jamoa yuqoriroq divizion — IIB ga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston U18 terma jamoasi musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunlab, 5 o‘yinning barchasida g‘alaba qozondi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi turnir doirasida 2-mart kuni Gonkongni 6:2, 3-mart kuni Yangi Zellandiyani 13:2, 5-mart kuni Turkiyani 7:6, 6-mart kuni Bolgariyani 5:3 va 8-mart kuni Isroilni 6:3 hisobida mag‘lub etdi.
Bolgariyada — birinchi, Toshkentda — uchinchi: O‘zbekiston sportchilari natijalari