Yaqin Sharqdagi fors-major holatda turkompaniyalar o‘z majburiyatini bajarmayapti — vazirlik

Yaqin Sharqdan olib chiqilayotgan fuqarolarning 95 foizi — tur paketlar asosida kelgan sayyohlarga to‘g‘ri kelmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Yaqin Sharqda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatda ushbu hududga O‘zbekistondan sayyoh jo‘natgan turkompaniyalar o‘z majburiyatlarini bajarmayapti, deb bayonot berdi Transport vazirligi.
Holatning eng achinarli tomoni turoperatorlar va agentlar tomonidan o‘z mijozlarini tashlab ketish va ular bilan aloqani uzish, shuningdek, yuzaga kelgan fors-major holatida yo‘lovchilarni tezkor ma’lumotlar bilan ta’minlamay, ijtimoiy tarmoqlarda videoroliklar tarqatish orqali manipulyatsiya qilish, o‘z majburiyatlarini bajarish o‘rniga yo‘lovchilarni elchilar va konsullar bilan qoldirib ketish holatlariga guvoh bo‘linmoqda.
Vaholanki, barcha tur paketlar mehmonxonalar, aviaqatnovlar, transferlar va sug‘urta polislarini o‘z ichiga oladi.
Sug‘urta polisi shartlariga muvofiq fors-major holatlarida sug‘urta polislarini yo‘lovchilarning mehmonxona, transport va evakuatsiya bo‘yicha barcha xarajatlarini qoplashi belgilangan, buning uchun turoperatorlar va agentlar barcha ishlarni tizimli to‘g‘ri tashkillashtirishi talab etiladi.

Transport vazirligi turoperator va turagentlarga quyidagi murojaatni yo‘llagan:

Turkompaniyalar fors-major holatida ham iste’molchilar huquqlarini so‘zsiz ta’minlashi kerak;
Mijozlar bilan tuzilgan shartnoma shartlarga to‘liq rioya etish va har bir fuqaro bilan muntazam aloqani ta’minlagan holda ularga tezkor yordam ko‘rsatishi kerak.
(Charter-tahr.) Aviachiptalarni muntazam aviaqatnovlarga o‘zgartirish orqali o‘z mijozlarini xavfsiz hududga olib chiqishda hukumat bilan birgalikda harakat qilishi;
Sug‘urta polislaridan to‘g‘ri foydalanish, aviakompaniyalar va davlat imijiga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilishi kerak.
Ayni vaqtda Quvayt, Qatar va Bahraynga yaqin bo‘lgan Saudiyaning Dammam va Riyoz aeroportlaridan barcha xalqaro yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlar cheklovlarsiz amalga oshirilmoqda va aviachiptalar sotuvi amalda mavjud.
Turoperatorlar aviachiptalarni va parvoz mavjud bo‘lgan yo‘nalishlarga qayta rasmiylashtirib ishni tizimli tashkil etish imkoniyatiga ega. Saudiyaning Jidda va Madina yo‘nalishlaridagi parvozlar har doimgidek to‘liq jadval bo‘yicha amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Yaqin Sharqdan o‘z fuqarolarini olib chiqishda davom etmoqda