Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya Ukraina harbiy-sanoat majmuasiga zarba berdi

Bu Ukrainaning Rossiya hududagi fuqarolik obyektlariga qilingan terrorchilik hujumlariga javob zarbasi bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Rossiya kuchlari o‘tgan tunda Ukrainaning Qurolli kuchlarining harbiy inshootlarga javob zarbasi berdi, deb xabar berdi Mudofaa vazirligi.
"Ukraina harbiy-sanoat majmuasi inshootlariga qarshi uzoq masofali aniq boshqariladigan quruqlik, havo va dengiz qurollari va hujum dronlari yordamida keng ko‘lamli zarba berildi", - deyiladi bayonotda.
Rossiya kuchlari shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan foydalaniladigan energetika inshootlari va harbiy aerodromlarga zarba berishdi. Vazirlikning ta’kidlashicha, barcha zarbalar nishonga tekkan va hujum maqsadlariga erishilgan.
Zarbalar natijasida UQKning Mi-8 vertoloti yo‘q qilindi va 149 ta hududda Ukraina Qurolli Kuchlari bo‘linmalari va xorijiy yollanma askarlarning transport infratuzilmasi va vaqtinchalik joylashtirish punktlariga zarba berishdi.

Mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida Ukraina Qurolli kuchlari 1015 nafar harbiy xizmatchisini, 23ta tank va zirhli jangovar mashinalarini, 23ta dala artilleriya qurollari va minomotlarini, 61ta harbiy avtomobillarini hamda, bitta vertolot va 200ta uchuvchisiz apparatlarini yo‘qotidi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri Ukrainaning jami yo‘qotishlari: 670 ta samolyot, 284 ta vertolot, 120 160 ta dron, 651 ta havo mudofaasi tizimlari, 28 083 ta tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 1681 ta yoppasiga o‘t ochish tizimi mashinalari , 33 677 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari va 56 060 ta maxsus harbiy mashinani tashkil qildi.