TOShKENT, 7 mar — Sputnik. O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi mojaro fonida o‘z fuqarolarini ushbu hududdan qaytarishda davom etmoqda, deb xabar qilmoqda Transport vazirligi.
28 fevraldan 7-mart ertalab soat 10:00 holatiga ko‘ra, Madina va Jidda aeroportlaridan 63 ta parvozlar bajarilib bunda 13 543 nafar O‘zbekiston fuqarolari olib kelindi. Dubay aeroportidan esa 9 ta parvoz amalga oshirilib 1401 ta fuqaro olib kelindi, deyiladi xabarda.
Harbiy harakatlar tufayli Bahrayn, Quvayt, Suriya, Iroq, Eron, Qatar, Isroil davlatlarining havo hududi parvozlar uchun yopiqligicha qolmoqda.
Xorijiy aviakompaniyalar Fly Nas (5 ta) Jidda – Toshkent, Jidda – Namangan va Fly Dubai (3 ta) Dubay – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni amalga oshirib umumiy hisobda 1 365 ta yo‘lovchilar keltirildi. Ulardan 990 nafari O‘zbekiston fuqarolari.
"O‘zaviatsiya" agentligida 24/7 rejimda ShTAB hamda Call-markazi (78 120-00-72; 71 200-07-65), Tashqi ishlar vazirligida 24/7 rejimda ishlaydigan Call-markazi (97 136-51-51) faoliyat yuritmoqda.
Ayni vaqtda Qatar hududida qolgan fuqarolarimizni Saudiyaning Riyoz aeroporti orqali olib chiqish bo‘yicha tashkiliy ishlar amalga oshirilmoqda.