Eron qo‘shni davlatlarga hujum qilmaslikka qaror qildi

Eron qo‘shni davlatlarga hujum qilmaydi, lekin Yaqin Sharqdagi AQSh nishonlariga va Isroilga zarba berishda davom etadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 mar — Sputnik. Eronning muvaqqat Boshqaruv Kengashi qo‘shni davlatlarga hujumlarni to‘xtatishga qaror qildi, ular tomonidan hujum qilingan holatlar bundan mustasno, dedi prezident Masud Pezeshkian.
"Kengash kecha qo‘shni davlatlarga hujum qilmaslik yoki raketa uchirmaslikka qaror qildi, ular tomonidan Eronga hujum qilingan holatlar bundan mustasno. <...> Biz ular bizning birodarlarimiz ekanligini ko‘p marta aytganmiz. <...> Va biz mintaqada tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish uchun birgalikda ishlashimiz kerak", - deyilada bayonotda.
Eron prezidenti qo‘shnilardan uzr so‘radi va Eron harbiylari Eronni AQSh va Isroil hujumlaridan himoya qilish uchun barcha zarur choralarni ko‘rganini ta’kidladi.
Siyosatchi mavjud kelishmovchiliklarni "Vashington va Tel-Avivning o‘yinchog‘i" bo‘lish o‘rniga diplomatiya orqali hal qilishga chaqirdi.
Eron harbiylari Yaqin Sharqdagi AQSh nishonlariga va Isroilga zarba berishda davom etadi, dedi Islom Respublikasi Qurolli Kuchlari Bosh shtabi vakili Abolfazl Shekarchi.
"AQSh va sionist rejimga qarshi zarbalar davom etadi. Hozirgacha AQSh va Isroilga o‘z makonlari va imkoniyatlarini berishdan bosh tortgan mamlakatlar bizning hujumlarimizning nishoni bo‘lmagan va bo‘lmaydi", dedi Shekarchi, Fars axborot agentligiga ko‘ra.
Bir kun oldin Masud Pezeshkiyon Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashgan edi. Rossiya Prezidenti Yaqin Sharqdagi muammolarni hal qilish uchun kuch ishlatishni to‘xtatishga va tinchlik muzokaralariga qaytishga chaqirdi. Shuningdek, u Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi davlatlari rahbarlari bilan doimiy aloqada bo‘lib turishini ta’kidladi.
AQSh va Isroilning Eronga hujumi

AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi. Vashington va Tehron muzokaralarining so‘nggi bosqichi 26-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan edi.

AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Homanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.

Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron Oliy Rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning hujumlarini qoraladi va zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.

Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.