Turli mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, obyektiv nuqtayi nazardan Eron hududi uch tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan, o‘ziga xos tabiiy qala bo‘lib, quruqlikdan bostirib kirish operatsiyasini murakkablashtiradi.
AQSh va Isroil 28-fevral kuni Eronga zarba berishni boshladi. Zarbalar Eronning yadroviy dasturi borasida muzokaralar olib borilayotgan vaqtda amalga oshirildi. Vashington va Tehron muzokaralarining so‘nggi bosqichi 26-fevral kuni Jenevada bo‘lib o‘tgan edi.
AQSh va Isroil zarbalari oqibatida Eron Oliy rahbari oyatulloh Ali Homanaiy halok bo‘ldi. Undan tashqari, Minob shahrida qizlar boshlang‘ich maktabiga berilgan zarba oqibatida 171 nafar bola va 15 nafar o‘qituvchilar halok bo‘ldi.
Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga javob zarbalari berdi. Bir necha kun davomida BAA, Bahrayn, Ummon, Iroq, Saudiya Arabistoni va boshqa qator davlatlardagi AQSh harbiy bazalari zarbaga uchradi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Eron Oliy Rahbariga suiqasd barcha insoniy axloq normalari va xalqaro huquqni buzish ekanini ta’kidladi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning hujumlarini qoraladi va zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqirdi.
Rossiya va Xitoy 1-mart kuni BMT Xavfsizlik Kengashining favqulodda majlisini chaqirdi.