TOShKENT, 6 mar — Sputnik. Eron maktabida qizlarning o‘ldirilishi bo‘yicha G‘arbning jimligi - bu dahshatli, dedi Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova RIA Novostiga.
"Vaziyatning dahshatliligi ham tajovuzning o‘zida, ham dastlabki kunlardagi juda ko‘p qurbonlar sonida, ham begunoh odamlarni o‘ldirayotganlarning yetarlicha javob bermasligida", dedi Zaxarova.
"Oilalarga bir og‘iz hamdardlik bildirilmadi... Bu hayratlanarli", deb xulosa qildi diplomat.
Uning ta’kidlashicha, G‘arb jamoatchilik muhokamasida hamdardlik va ta’ziya so‘zlari o‘rniga tajovuzkor ritorika ustunlik qiladi.
G‘arb OAVlari ham ushbu fojiani go‘yoki "ko‘rmay qolgan"dek, lom-mim demadi.
G‘arb OAVlari ham ushbu fojiani go‘yoki "ko‘rmay qolgan"dek, lom-mim demadi.
Yaqin Sharqdagi mojaroning birinchi kunida, 28-fevralda "Shajare Tayebeh" qizlar maktabiga hujum qilindi. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aragchi hujumda kamida 171 o‘quvchi qiz halok bo‘lganini aytdi. Kamida 14 maktab xodimi va o‘qituvchisi ham halok bo‘lgani haqida xabar berilgan.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Erondagi, jumladan, Tehrondagi nishonlarga zarba berishni boshladilar. Eron Isroil hududiga, shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy nishonlariga javoban zarbalar bermoqda.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Isroilning hujumlarini qoraladi. Moskva texnogen inqirozning salbiy oqibatlari uchun javobgarlik butunlay ularning zimmasida ekanligini ta’kidladi.