TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Samarqandda o‘tayotgan beshinchi xalqaro qishloq xo‘jaligi ko‘rgazmasida xorijiy kompaniyalar orasida Rossiya Federatsiyasi stendlari alohida ajralib turibdi, deya xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Bu yil ular bu yerda oz emas. Birgina “Rossiya” stendida Boshqirdiston, Voronej viloyati va Stavropol o‘lkasidan 10 taga yaqin kompaniyalar taqdim etilgan.
Stend Rossii priznali luchshim na mejdunarodnoy vistavke AGROPRO EXPO Samarkande
© telegram sputnikuzbekistan
/ Ushbu stend ko‘rgazma tashkilotchilari tomonidan “Xorijiy kompaniyaning eng yaxshi stendi” sifatida e’tirof etildi. U nafaqat kreativ dizayni, balki taqdim etilgan mahsulotlarning xilma-xilligi bilan ham ajralib turadi.