TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlarining “G‘arb” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari Donesk Xalq Respublikasidagi Yarovaya aholi punktini ozod qildi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov 1-motoo‘qchi polk qo‘mondonligi va shaxsiy tarkibini Yarovaya aholi punkti ozod etilgani munosabati bilan tabrikladi.
Uning ta’kidlashicha, hujum bo‘linmalari hamjihatlikda harakat qilib, bosqichma-bosqich oldinga siljimoqda va umumiy g‘alaba kunini yaqinlashtirmoqda.
Andrey Belousov harbiy xizmatchilarga jangovar vazifalarni muvaffaqiyatli bajarganliklari va harbiy burchga sodiqliklari uchun minnatdorchilik bildirib, ular milliy manfaatlarni himoya qilish va Rossiya xavfsizligini ta’minlash yo‘lida o‘z vazifalarini sharaf bilan bajarishda davom etishiga ishonch bildirdi.