Saudiya Arabistoni, BAA va Erondan 9 ming nafardan ziyod o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi

1 martdan 5-martgacha O‘zbekistonga jami 9 361 nafar vatandosh evakuatsiya qilindi. Fuqarolar Saudiya Arabistoni, BAA, Eron, Bahrayn va O‘mondan Vatanga qaytarildi.
Sputnik
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. 1 martdan 5-mart kuni soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekistonga jami 9 361 nafar vatandosh evakuatsiya qilindi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Saudiya Arabistonidan muntazam va qo‘shimcha charter reyslar orqali 8 114 nafar fuqaro vatanga qaytarilgan.
Birlashgan Arab Amirliklaridan hozirgi kungacha 1 192 nafar fuqaro olib kelingan.
Shuningdek, Erondan 23 nafar, Bahrayndan 25 nafar va O‘mondan 7 nafar fuqaro O‘zbekistonga xavfsiz yetkazildi.

Ta’kidlanishicha, vatandoshlarni vatanga qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlar tizimli va bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ayni paytda evakuatsiya asosan fuqarolik aviatsiyasi uchun havo hududi ochiq bo‘lgan mamlakatlardan amalga oshirilmoqda.
Xabarda qo‘shicha qilinishicha, mintaqaning boshqa davlatlarida havo hududi ochilishi bilan evakuatsiya ishlari tezkor ravishda tashkil etilib, davom ettiriladi.
Dubaydan Toshkentga maxsus reys: "Centrum Air" qolib ketgan yo‘lovchilarni olib kelmoqda