O‘zbekiston va YeOII

YeIK va BMTning ESKATO komissiyasi yangi hamkorlik memorandumini tayyorlamoqda

YeIK raisi Bakitjan Sagintayev Bangkokda BMTning ESKATO komissiyasi rahbari Armida Salsiya Alishaxbana bilan uchrashib, yangi hamkorlik memorandumi va raqamli iqtisodiyot yo‘nalishlarini muhokama qildi.
Sputnik
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev Bangkokda BMT bosh kotibi o‘rinbosari — Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ijrochi kotibi Armida Salsiya Alishaxbana bilan ishchi uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar YeIK va ESKATO o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollarini muhokama qildi.
Hozirda tomonlar yangi Anglashuv memorandumini tayyorlash ustida ish olib bormoqda, chunki amaldagi hujjatning muddati 2026-yil oxirida tugaydi. Yangi memorandum raqamli transformatsiya, sun’iy intellektni rivojlantirish va “yashil” iqtisodiyot tamoyillarini ilgari surish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.
Uchrashuvda YeIK va ESKATO o‘rtasidagi hamkorlik mintaqaviy muvofiqlashtirishning muhim elementiga aylanayotgani ta’kidlandi.
Shuningdek, Bakitjan Sagintayev ESKATO rahbarini 2026-yil 28–29 may kunlari Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevroosiyo iqtisodiy forumiga taklif qildi.
Ma’lumot uchun, ESKATO BMTning Bangkokda joylashgan beshta mintaqaviy komissiyasidan biri bo‘lib, unga 53 ta davlat a’zo. YeIK va ESKATO o‘rtasidagi birinchi memorandum 2013-yilda, amaldagi hujjat esa 2019-yilda imzolangan.
O‘zbekiston va YeOII
ASEAN infratuzilmasini YeOII transport yo‘laklari bilan bog‘lash masalalari muhokama qilindi