Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

London Ukrainani Eronga qarshi avanturaga jalb qilmoqchi—Zaxarovaning brifingdagi bayonotlari

Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova London Kiyevni Eronga qarshi geosiyosiy avanturaga jalb qilishga urinmoqda, deb hisoblaydi. U Ukraina atrofidagi vaziyat bo‘yicha bir qator bayonotlar berdi.
Sputnik
TOShKENT, 4 mar — Sputnik. London Kiyev rejimini Fors ko‘rfazidagi Eronga qarshi avanturaga jalb qilish niyatida. Bu Buyuk Britaniyaning Ukraina va ukrainaliklarga nisbatan iste’molchilik munosabatini ko‘rsatadi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda ma’lum qildi.
"Londonda one way ticket (bir tomonlama chipta — tahr.) deb nomlangan opsiyalarni ishlab chiqish bo‘yicha katta mutaxassislar bor. Ko‘rinib turibdiki, Britaniya rasmiylari Ukraina vassallarini navbatdagi geosiyosiy avanturaga jalb qilish niyatida. Bu Britaniyaning Ukraina va ukrainaliklarga nisbatan iste’molchilik munosabatini yaqqol ko‘rsatadi," — dedi u.
Zaxarovaning boshqa bayonotlari:
Britaniyaning Daily Express tabloidi noma’lum manbalarga tayanib, Ukrainada Buyuk Britaniyadan kelgan harbiy-tibbiy mutaxassislar borligi haqida xabar bergan.
London hozircha ushbu ma’lumotni tasdiqlamagan yoki rad etmagan. Zaxarovaning ta’kidlashicha, har qanday xorijiy kontingent, jumladan harbiy-tibbiy kuchlar ham Rossiya qurolli kuchlari uchun qonuniy nishon hisoblanadi.
Kiyev havo mudofaa vositalarini qo‘shimcha yetkazib berishni so‘rab kelayotgan bir paytda boshqa davlatlarga yordam ko‘rsatishi haqidagi gaplar "yolg‘on" va Zelenskiyning Yaqin Sharq mojarosi atrofida piar qilishga urinishi ekani aytildi.
Avvalroq Bloomberg agentligi Vladimir Zelenskiy intervyuda Ukrainaning "eng yaxshi ekspertlari"ni Eron dronlariga qarshi kurashish uchun Yaqin Sharq mamlakatlariga yuborishga tayyorligini bildirganini xabar qilgan edi.
Shuningdek, Zaxarova Zelenskiy 10-fevral kuni Oliy Rada tomonidan qabul qilingan, voyaga yetmaganlarni ota-onalarining roziligisiz jangovar yoki ehtimoliy harbiy harakatlar hududlaridan majburiy evakuatsiya qilishga ruxsat beruvchi qonunni imzolaganini ham tanqid qildi.
Uning aytishicha, Kiyev rejimi bolalarga munosabati haqidagi ma’lumotlar oshkor etilsa, bu “Epshteyn merosidan ham oshib ketadigan global janjal”ga sabab bo‘lishi mumkin.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Fitso: Ukrainadagi mojaroni qo‘llab-quvvatlayotgan G‘arb xato qilganini tan olishdan qo‘rqmoqda