TOShKENT, 4 mar — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida “Yaqin Sharqdagi inqiroz va Tinchlik kengashi: Markaziy Osiyo mamlakatlariga ta’siri” mavzusida Moskva–Ostona–Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda quyidagi ekspertlar ishtirok etdi:
Moskvada — M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti direktori Aleksey Maslov;
Toshkentda — “Ma’no” tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev;
Ostonada — Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti direktori Akimjan Arupov.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eron hududidagi obyektlarga zarba bergan edi. Eron esa Isroil hududiga hamda AQShning Yaqin Sharqdagi harbiy obyektlariga javob zarbalari bermoqda.
Ekspertlar mintaqaviy xavfsizlik istiqbollari, xalqaro muloqot formatlari va Yaqin Sharqdagi inqirozning Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy, iqtisodiy hamda transport-logistika sohalariga ta’sirini muhokama qildi.
Shuningdek, alohida e’tibor mintaqa mamlakatlarining tinchlik tashabbuslari doirasidagi ishtiroki istiqbollariga qaratildi.