“Xorijdagi rossiyalik o‘qituvchi”loyihasi Rossiya Maorif vazirligi Xalqaro hamkorlik markazi hamkor mamlakatlarning sohaga oid vazirliklari bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.
“Loyiha rivojlanib, kengayib bormoqda. Biz hamkasblarimiz bilan Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlikni, fan va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni, shuningdek, rus tilining millatlararo va madaniyatlararo muloqot tili sifatidagi mavqesini mustahkamlash uchun barcha sa’y-harakatlarni qilmoqdamiz”, — deydi u.
“Bu yerda oilaviy qadriyatlar juda kuchli. Oilaviy qadriyatlar juda muhim, chunki oila muqaddasdir. Aytishim mumkinki, bu yerdagi bolalar ham, xuddi butun dunyodagi barcha bolalar kabi, juda qiziquvchan: Rossiyada qanday bo‘lsa, O‘zbekistonda ham shunday”, — deb ta’kidlaydi u.
“Metodikalar ancha ko‘p. Albatta, biz Rossiyadagi mavjud metodikalarga tayanamiz. Aynan mahalliy hamkasblarimiz bilan hamkorlikda qo‘llaydigan shakl va usullarimiz muhim – biz ulardan o‘zlari foydalanadigan qiziqarli ilmiy yondashuvlarni o‘zlashtiramiz”, — deydi Renchin-Nemayev.
"Shuningdek, yaqinda Dmitriy Ivanovich Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent filialida Mendeleyev o‘qishlarini ham o‘tkazdik", — deydi u.