TOShKENT, 4 mar — Sputnik. 5 mart kuni soat 14:00 da (Toshkent vaqti bilan) Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida "Katta Yevroosiyo uchun madaniy xayrixohlik konsepsiyasi: xavfsizlikka dolzarb tahdidlar sharoitida" mavzusida brifing bo‘lib o‘tadi.
Spiker Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (RUDN) Strategik tadqiqotlar va prognozlar instituti Diplomatik tadqiqotlar yo‘nalishi rahbari Aleksandr Bobrov.
Tadbir davomida Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi gumanitar va ijtimoiy-madaniy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan “Madaniy xayrixohlik” loyihasi taqdim etiladi.
Shuningdek, zamonaviy xavfsizlik tahdidlari sharoitida Katta Yevroosiyo makonida ishonch va barqaror muloqotni shakllantirishda madaniy diplomatiya va “yumshoq kuch”ning roli muhokama qilinadi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev