Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiy Ukraina prezidenti saylovlari qachon o‘tkazilishi va nomzodligi haqida bayonot berdi

Zelenskiy saylovlar faqat urush tugaganidan keyin o‘tkazilishini bildirdi. U keyingi prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga ishonchi komil emasligini aytdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Vladimir Zelenskiy Ukraina mojaro to‘liq tugaganidan keyingina saylovlar o‘tkazishga tayyor bo‘lishini bildirdi.
Italiyaning "Corriere della Sera" gazetasiga bergan intervyusida u saylovlar vaqtinchalik sulh sharoitida emas, balki urush yakunlanganidan so‘ng o‘tkazilishini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Zelenskiy keyingi prezidentlik saylovlarida o‘z nomzodini qo‘yishiga ishonchi komil emasligini aytdi.
Fevral oyida "Axios" portaliga bergan intervyusida u prezidentlik saylovlari mojaroni tugatish bo‘yicha kelishuv yuzasidan referendum bilan bir vaqtda o‘tkazilishi mumkinligini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar ovoz berish o‘t ochish to‘xtatilgan sharoitda tashkil etilsa, nomzod bo‘lishi ehtimoli bor.
“Men o‘z nomzodimni qo‘yishimga umuman ishonchim komil emas”, — dedi Zelenskiy.
Ukrainada saylovlar o‘tkazish zarurligi haqida 2025-yil dekabrida AQSh prezidenti Donald Tramp bildirgan. U avvalroq Zelenskiyni “saylovsiz diktator” deb atab, uning reytingi 4 foizga tushganini aytgan edi.
2024 yil 20-may kuni Zelenskiyning vakolat muddati yakunlangan. U saylovlarni o‘tkazishga tayyorligini bildirgan, biroq AQSh va Yevropa ittifoqchilaridan ovoz berish xavfsizligini ta’minlashni talab qilgan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ukrainada 15-maygacha tinchlik kelishuvi referendumi va prezidentlik saylovlari o‘tishi mumkin