Matbuot markazi

“Sputnik”da Yaqin Sharqdagi inqiroz va uning Markaziy Osiyoga ta’siri muhokama qilinadi

Tadbirda ekspertlar Yaqin Sharqdagi inqirozning Markaziy Osiyo mamlakatlariga ta’siri va mintaqaviy xavfsizlik istiqbollarini muhokama qilishadi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. 4 mart kuni soat 13:00 da (Toshkent vaqti bilan) Sputnik O‘zbekiston multimedia matbuot markazida "Yaqin Sharqdagi inqiroz va Tinchlik kengashi: Markaziy Osiyo mamlakatlariga ta’siri" mavzusida Moskva–Ostona–Toshkent videoko‘prigi bo‘lib o‘tadi.
Ishtirokchilar:
Moskvada — M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Osiyo va Afrika mamlakatlari instituti direktori Aleksey Maslov;
Toshkentda — "Ma’no" tadqiqot tashabbuslari markazi direktori Baxtiyor Ergashev;
Ostonada — Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti direktori Akimjan Arupov.
28 fevral kuni AQSh va Isroil Eron hududidagi obyektlarga zarba bergan edi. Eron esa Isroil hududiga hamda AQShning Yaqin Sharq mintaqasidagi harbiy obyektlariga javob zarbalari bermoqda.
Ekspertlar mintaqaviy xavfsizlik istiqbollari, xalqaro muloqot formatlari va Yaqin Sharqdagi inqirozning Markaziy Osiyo davlatlarining siyosiy, iqtisodiy hamda transport-logistika sohalariga ta’sirini muhokama qiladi.
Alohida e’tibor mintaqa mamlakatlarining tinchlik tashabbuslari doirasidagi ishtiroki istiqbollariga qaratiladi.
Ishtirok etish uchun jurnalistlar taklif etiladi. Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun:
Telefon: +998 97 190 71 78
Telegram: @alisherakimbaev
Elektron pochta: a.akimbaev@sputniknews.com
Matbuot markazi produseri: Alisher Akimbayev