Ikki yuz mln aholisi bor bozor: O‘zbekiston-Indoneziya erkin savdo muzokaralari boshlandi

O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida Erkin savdo bitimini tuzish jarayoni rasman boshlandi — tomonlar videomuloqot yakunida qo‘shma bayonot imzoladi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda Indoneziya savdo vaziri Budi Santoso o‘rtasida videokonferensiya tarzida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Ularning yakunida O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasida Erkin savdo bitimini tuzish bo‘yicha muzokaralarni boshlash haqida qo‘shma bayonot imzolandi.
Shuningdek, savdo va investitsiyalar sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi alohida bitim ham imzolandi.
Muzokaralar savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni kengaytirish, yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlandi. Tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar barqaror ijobiy sur’atlarda rivojlanayotganini ta’kidladi.
Xususan, 2025-yilda o‘zaro savdo hajmi 82 foizga oshgani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish, karantin va fitosanitariya tartib-taomillarini jadallashtirish, shuningdek, halol sertifikatlarini o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi. Belgilangan chora-tadbirlarni aniq amaliy mexanizmlar orqali izchil tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston va YeOII
Erkin va bojsiz savdo: YeOII – Indoneziya mavzusida maqola chop etildi