Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari Sumi va Zaporojyeda ikkita aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Sumi va Zaporojye viloyatlaridagi ikki aholi punkti ustidan nazorat o‘rnatilganini hamda Ukraina harbiy obyektlariga zarbalar berilganini bildirdi.
Sputnik
TOShKENT, 3 mar — Sputnik. Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyatining Bobilevka hamda Zaporojye viloyatining Veselyanka aholi punktlari ustidan nazorat o‘rnatdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.
Bobilevka aholi punktini "Shimol" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari, Veselyankani esa "Dnepr" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari nazoratga olgan.
Shuningdek, operativ-taktik aviatsiya, zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparatlari, raketa qo‘shinlari va artilleriya bo‘linmalari tomonidan Ukraina Qurolli kuchlarining bir qator obyektlariga zarba berilgan.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, uzoq masofali zarba beruvchi dronlar uchirilgan aerodromlar, harbiy-sanoat kompleksi uchun foydalanilayotgan energetika va port infratuzilmasi obyektlari, shuningdek, 142 ta tumanda Ukraina qurolli tuzilmalari va xorijiy yollanma askarlar vaqtincha joylashgan nuqtalar yakson qilingan.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya qo‘shinlari uchta qishloqni ozod qildi — AQSh va Chexiya texnikasi yo‘q qilindi